page-home-title

Markaz yangiliklari

📢 DIQQAT, E’LON!



IV Respublika koreys tili fan olimpiadasining hududiy (saralash) bosqichi 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Mazkur bosqichda ishtirok etish uchun respublika bo‘yicha jami 2 436 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi.

❗️ ESLATMA: Olimpiada 29-noyabr kuni belgilangan manzillarda o‘tkaziladi. 📍 Hududiy imtihon manzillari bilan tanishish: https://aomanzillar.netlify.app/

⏰ Vaqt tartibi:

🔹 Imtihon o‘tkaziladigan joyga soat 14:00 gacha yetib kelish shart!
🔹 Imtihon soat 15:00 da boshlanadi.

📝 Imtihonga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

✅ 1) Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport / ID-karta; pasport yoshiga yetmagan o‘quvchilar uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma — metrika);
✅ 2) O‘qish joyidan ma’lumotnoma (umumta’lim maktabi, akademik litsey yoki texnikumdan).

📌 Barcha ishtirokchilardan ko‘rsatilgan hujjatlar bilan belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari qat’iy so‘raladi!