Koreyada ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash markazi haqida ma’lumotnoma
Markazning maqsadi
Koreyada tahsil olishni istagan yoshlarga aniq va ishonchli ma’lumotlar taqdim etish, individual maslahat xizmatlari ko‘rsatish orqali ularning o‘qishga tayyorgarlik jarayonini yengillashtirish hamda Koreyaga o‘qish uchun borish yo‘lini tizimli tarzda tashkil etish.
Shuningdek, markaz chet ellik talabalarni jalb qilish strategiyasining asosiy platformasi sifatida faoliyat yuritadi.
Asosiy funksiyalari va vazifalari
Universitetlarni targ‘ib qilish va ma’lumot taqdim etish
• Shaxsiy qiziqishlarga mos o‘qish bo‘yicha maslahatlar
• Kasb tanlash bo‘yicha yo‘naltirish
• Ariza va viza hujjatlarini tayyorlashda yordam
Maslahat berish uslubi:
• Oflayn (joyiga kelib maslahat olish)
• Onlayn-sun’iy intelekt chati orqali istalgan vaqt sizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati
Stipendiya dasturlarini boshqarish
• GKS (Global Korea Scholarship) dasturi doirasida nomzodlarni tanlash va tavsiya etish
Universitetlararo hamkorlik tarmog‘i
• Koreya va O‘zbekiston universitetlari o‘rtasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
• Ta’lim mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish
• O‘zaro anglashuv memorandumlarini (MOU) tuzishda ko‘maklashish
Markaz tarkibi
Koreyada tahsil olish bo‘yicha maxsus kurs bitiruvchilari
Markaz manzili
📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Tallimarjon 3, Koreya ta’lim markazi
📞 Telefon: +998(71) 291-8182(3) (ichki raqam 118)
🕒 Ish vaqti: Dushanba ~ Juma; 10:00 ~ 17:00
Istalgan vaqtda savollaringizga tezkor javob oling! Quyidagi QR kodni skanerlang va bizning sun’iy intelekt maslahat chatimizga ulanib ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling: