+(99871) 291-81-82Dushanba-Juma 09:00-18:00
page-home-title

Koreya madaniyati bilan tanishish

To'garak maqsadi: Koreys tilini ommalashtirish, Koreya madaniyatini tushunish

 

Qatnashuvchilar:


1. Koreya ta'lim markazi o'quvchilari

2. Koreya ta'lim markazi bilan hamkor bo'lgan ta'lim muassasalari o'quvchilari

 

To'garak turlari va to'garak boshqaruvchilari:


«XL MonStar» K-Pop raqsi to'garagi – «Husayin Daniyel»

K-Pop qo'shiq kuylash to'garagi – «Allibayeva Pollina»

«Samulnori» Koreya folklor musiqasi to'garagi – «Park Zoya»  

«Koryo» Koreya milliy raqsi to'garagi – «Han Margarita»

Taekwondo to'garagi – «Paek MunJong»

 

To'garaklar amalga oshirilish rejasi:


To'garakga a'zolarni qabul qilish: yilda 2 marta (har o'quv choragining 1-haftasida)

- Bahorgi chorak (fevral-may) 14 hafta davom etadi.

- Kuzgi chorak (sentaby-dekabr) 14 hafta davom etadi.

To'garak a'zolarini shaxsan to'garak boshqaruvchisining o'zi qabul qiladi.

 

Ta'lim markazidagi madaniyatga oid tadbirlar:


Toshkent Koreya Ta'lim markazi asosan 3turdagi madaniyatga oid katta tadbirlarni o'tkazadi:

- K-POP konserti

- Koreya madaniyati tadbiri (Koreya milliy o'yinlari)

- Kimchi tayyorlar festivali

 

   Koreys qo'shiqlarini kuylash bo'yicha musobaqada Koreya ta'lim markazi o'quvchilari, hamda koreys tilini ta'lim muassasalarida 2-xorijiy til sifatida o'rganayotgan o'quvchilar qatnashishi mumkin. Koreya qo'shiqlarini kuylash musobaqasi Koreya ta'lim markazida 2-o'quv choragi yakunlanish tadbiridan so'ng bo'lib o'tadi.

   Koreya madaniyati va an'analari festivalda Koreya ta'lim markazi o'quvchilari qatnashib, «Yut», «Tuho», «Peng», «Ojami» kabi Koreys milliy o'yinlarini o'ynay oladilar. Shuningdek ishtirokchilar Koreyaning amaliy san'ati bo'lgan "Chongi chobgi" (qog‘oz buklash), "Medb" (ip bilan naqsh to‘qish), "Talgona" (shirinlik tayyorlash) kabilarni bajarib ko'rishlari mumkin. Qolaversa Koreya milliy kiyimi bo'lgan «Hanbok»ni kiyib ko'rishlari, salomlashish hamda tabriklash ramzi bo'lgan «ta'zim qilish» orqali Koreya ruhiyatini his qila oladilar.

   Kimchi tayyorlash festivalida Ta'lim markazimiz o'quvchilari faqatgina Koreyaning an'anaviy «kimchi» tayyorlash usluli hamda tayyorlash jarayonini ko'ribgina qolmay, bosh oshpaz ko'rsatmari ostida o'zlari ham kimchi tayyorlashni tajriba qilib ko'ra oladilar.