page-home-title

Kirish so'zi

Ta'lim markaz oilasining kirish so'zi



    Toshkent shahridagi Koreya Respublikasining Ta'lim Markaziga xush kelibsiz!


   Toshkent Koreya ta’lim markazi 1992-yil 27-mayda Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan yirik xorijdagi ta’lim muassasasidir. Markaz O‘zbekistonda koreys tili va madaniyatini targ‘ib etish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim hamkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, markaz Rossiya va Markaziy Osiyo mintaqasidagi tayanch Koreya ta’lim markazi sifatida koreys tilini ommalashtirish, mahalliy o‘qituvchilarni tayyorlash va ta’lim hamkorligini kengaytirish bo‘yicha yetakchi vazifasini bajaradi. Rahmat!