Umumta'lim maktablari uchun koreys tili o'qituvchilari uchun qayta tayyorlash kurslariga qabul haqida E'LON
📣 Respublika umumta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari diqqatiga!
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan umumta'lim maktablarining koreys tili o‘qituvchilarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish ochilganini e’lon qilinadi.
Kurslar gibrid shaklda tashkil etilgan. Bunda joriy yilning 20-iyunidan 15-avgustiga qadar oflayn o‘qitish, 15-avgustdan 25-dekabrga qadar esa masofaviy seminarlar bo'lib o'tadi.
❕Kurs ishtirokchilari oflayn rejimda o‘qish muddati uchun yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Ushbu kursda o‘qishga quyidagi pedagoglarga ruxsat etiladi:
➖ona tili va adabiyot o‘qituvchilari;
➖ chet tili va adabiyoti o‘qituvchilari;
➖ rus tili o‘qituvchisi;
➖ davlat tili o‘qituvchilari;
➖ filologiya va tillar tayyorlash sohasi mutaxassislari;
➖tegishli mutaxassislik diplomiga ega bo‘lgan, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan o‘qituvchilar koreys tili o‘qituvchilari.
✅Qayta tayyorlash kurslariga yozilish uchun nomzoddan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
➖ariza;
➖diplom nusxasi;
➖pasport nusxasi;
➖maktabdan yo‘llanma hamda bog’lanish uchun ishlab turgan telefon raqami (agar hozirda biron bir ta’lim tashkilotida ishlayotgan bo‘lsa, yo‘llanma talab etilmaydi).
Nomzodlar ushbu pochta manziliga hujjatlarni jo'natishlari mumkin: bshakhnoz99@gmail.com
➖ Hujjatlarni qabul qilish 19-iyunga qadar davom etadi.
Qayta tayyorlash kursida eng yaxshi o‘qish natijalarini ko‘rsatgan ishtirokchilar Koreyaga amaliyot o‘tash uchun yuboriladi.
Talabalarni o‘qitish va joylashtirish uchun mablag‘ Koreya Ta’lim Markazi tomonidan amalga oshiriladi.
📞 Bog'lanish uchun:
🔗 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mutaxassislari ( +998 97 461 75 61; +998 95 770 33 44)
🔗 O‘zbekistondagi Koreya ta’lim markazi (+998 99 027 57 34)
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram (https://t.me/uzedu) 🌐 Facebook (https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU)
🌐 Youtube (http://bit.ly/2PYbkOx) 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/mmtv_uz/)
🔎 Veb-sayt (https://uzedu.uz/uz) 😄 Linkedin (https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/)