◈ Sana: 2026-yil 19-noyabr (payshanba), soat 14:00
◈ Joy: Urganch davlat pedagogika instituti
◈ Mazmuni:
- Koreys tilini o‘rganish va TOPIK imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish usullari;
- GKS stipendiya dasturi haqida ma’lumot;
- Koreyada tahsil olish uchun universitet va yo‘nalishlarni tanlash usullari (Study in Korea veb-saytidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma);
- Xorijda ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati bilan tanishtirish va targ‘ib qilish.
◈ Qatnashuvchilar:Toshkentdagi Koreya ta’lim markazi Xalqaro aloqalar bo‘limining xodimi 2 nafar, Xorijda ta’lim olishni qo‘llab-quvvatlash markazining a’zosi 4 nafar, Urganch davlat pedagogika institutining 95 nafar talabasi.