Koreys tili kurslariga qachonqabul qilinadi?
- Toshkentdagi Koreya Respublikasining qoshidagi Ta'lim markazida koreys tili darslar o'tkaziladi:
1 semestr - fevraldan maygacha;
2 semestr - sentyabrdan-dekabrgacha.
Shunga ko'ra, koreys tili kurslari 1-semestr yanvarda va 2- semestr avgustda qabul qilinadi.
Koreys tili kurslarihaqida: Janubiy Koreya universitetlarida o'qishga tayyorgarlik ko'rayotgan talabalar ichida kimni qabul qilinadi?
- 6-bosqich o'quv kurslarini tamomlagan tinglovchilar (6-darajali sertifikat bo'lishi shart);
- TOPIK 3-daraja va yuqori darajali sertifikatiga ega bo'lgan tinglovchilar.
Tinglovchilarni koreys tili kurslariga qaysi yoshda qabul qilinadi?
- Koreys tili kurslariga onlayn ro'yxatdan o'tishning ochilish kunida 13 yoshga to'lgan tinglovchilar.
Koreys tilni o'rganish kurslariga qanday murojaat qilish mumkin?
- Quyidagi hujjatlarni biriktirishingiz shart:
1) Pasport originali (tug'ilganlik haqida guvohnoma, ID kartasi) skaner JPG formatida (1MB-2MB o'lchamlari);
2) Rangli rasm 3x4 (6 oydan kechiktirmasdan olingan rasm) - elektron formatida (1Mb-2Mb o'lchamlari);
3) 2chi va undan yuqori bosqichlarga kirmoqchi bo'lgan tinglovchilar Koreya Respublikasi Ta'lim markaz koreys tili kurslarini tugatish haqida skaner sertifikatini topshiriladi;
4) Boshqa o'quv yurtlarining tinglovchilari koreys tili darajasidagi (TOPIK) imtihon sertifikatini yoki boshqa o'quv yurtida koreys tili kursini tamomlaganlik sertifikatini topshiriladi.
Koreys tili kurslariga onlayin ro'yxatdan o'tish <www. tashkec.uz> saytida o'tkaziladi.