Savol - Javob Savol berish

TOPIK haqida savollar: Koreys tili bo'yicha bilim darajasini aniqlash uchun qachon ro'yxatdan o'tish va imtihonni topshirish mumkin?

☞ O'zbekistonda- 4 marta: 

2019 yil Xalqaro koreys tili bilim darajasi aniqlash uchun TOPIK imtihon jadvali 

 

Imtihon № 

Onlayn ro'yxatdan 

o'tish 

Imtihon raqamni 

olish muddati 

Imtihon o'kaziladigan joy 

Imtihon sanasi 

Imtihon topshiriladigan odam 

63 

9-11 yanvar 

14-18 yanvar 

Urganch/Farg'ona 

 

21-25 yanvar 

Toshkent/Samarqand 

Toshkent 

Samarqand 

Urganch 

Farg'ona 

21 aprel 

 

Koreyada o'qishni istaganlar 

65 

4~8 mart 

11~19 mart 

Toshkent 

7 iyul 

 

Koreyada o'qishni istaganlar 

66 

9 iyul 

15~19 byul 

Urganch/Farg'ona 

 

22~26 iyul 

Toshkent/Samarqand 

Toshkent 

Samarqand 

Urganch 

Farg'ona 

20 oktyabr 

 

Koreyada o'qishni istaganlar 

67 

6 avgust 

12~16 avgust 

 

19~23 avgust 

Toshkent/Samarqand 

Toshkent 

Samarqand 

Urganch 

Farg'ona 

 

17 noyabr 

 

Koreyada o'qishni istaganlar 

 

TOPIK imtihon topshirish sanasi har yili o'zgarib borayotganligi sababli, aniq ma’lumotni <www.tashkec.uz> saytida yoki Toshkent Koreya Respublikasi qoshidagi Ta'lim markazi e'lon taxtasidan olishingizni so'raymiz.

TOPIK haqida savollar: Koreys tili bo'yicha bilim darajasini aniqlash uchun imtihon qanday mezonlar bo'yicha baholanadi?

☞ Quyidagi mezonlar bo'yicha baholanadi: 

A) Imtihon darajalari: 

Imtihon darajalari 

TOPIK Ⅰ 

TOPIK II 

Yuqori ball 

200 

300 

Daraja 

O'tish ball 

80 

140 

120 

150 

190 

230 

 

B) Imtihon jarayoni: 

Daraja 

Bosqich 

Bo'lim 

Savollar 

soni 

Yuqori 

ball 

Umumiy 

ball 

TOPIKⅠ (1~2 daraja) 

1 bosqich 

Eshitish (40 daq) 

30 

100 

200 

O'qish (60 daq) 

40 

100 

TOPIKⅡ (3~6 daraja) 

1 bosqich 

Eshitish (60 daq) 

50 

100 

300 

Yozish (50 daq) 

100 

2 bosqich 

O'qish (70 daq) 

50 

100 

Koreys tili kurslari haqida: Koreys tili kurslariga qabul qachon boshlanadi?

- Toshkent Koreya Respublikasi qoshidagi Ta'lim markazida koreys tili darslari jadvali:  1 semestr - fevraldan maygacha; 

                                                                                                                                          2 semestr - sentyabrdan dekabrgacha. 

Shunga ko'ra qabul muddati: 1 semestr uchun yanvarda;

                                               2 semestr uchun avgustda.

Koreys tilni o'rganish kurslariga qanday murojaat qilish mumkin?

- Quyidagi hujjatlarni biriktirishingiz shart: 

  1) Pasport (tug'ilganlik haqida guvohnoma) originali skaner JPG formatida (o'lchamlari:1MB-2MB); 

  2) Rangli 3x4 sm rasm (oxirgi 6 oy ichida olingan rasm) - elektron formatida (o'lchamlari:1Mb-2Mb); 

  3) 2-kurs va undan yuqori bosqichlarga kirmoqchi bo'lgan tinglovchilar Koreya Respublikasi Ta'lim markaz koreys tili kurslarini tugatganliklari haqidagi sertifikatni skaner qilib          topshiradilar; 

  4) Boshqa o'quv yurtlarining tinglovchilari koreys tili darajasidagi (TOPIK)  imtihon sertifikatini yoki boshqa o'quv markazida koreys tili kursini tamomlaganlik haqidagi                        sertifikatni topshiradilar. 

Koreys tili kurslariga onlayn ro'yxatdan o'tish <www. tashkec.uz> saytida o'tkaziladi.

Koreys tili kurslari haqida: Janubiy Koreya universitetlarida o'qishga tayyorgarlik ko'rayotgan guruhiga kimlar qabul qilinadi?

- Toshkent Koreya Respublikasi qoshidagi Ta'lim markazida koreys tili 6-bosqich o'quv kurslarini tamomlagan tinglovchilar (6-darajali sertifikat bo'lishi shart); 

- TOPIK 3-daraja va yuqori darajali sertifikatiga ega bo'lgan shaxslar.

Koreys tili kurslari haqida: Tinglovchilar koreys tili kurslariga necha yoshdan qabul qilinadi?

- Koreys tili kurslariga onlayn ro'yxatdan o'tishning ochilish kuniga qadar 13 yoshga to'lgan o'smirlar.

Koreyada o'qish haqida: Koreya Respublikasining oliy o'quv yurtlariga kirish tartibi haqida aytib bering.

Koreyada o'qish haqida: Koreya Respublikasining oliy o'quv yurtlariga kirish tartibi haqida aytib bering.

 

~ Koreya universitetlariga qabul qilish tartibi individualdir, ammo odatda quyidagilar davom etadi:

     1) arizalarni rasmiylashtirish (universitet sayt orqali arizani onlayn rasmiylashtirish);

     2) hujjatlarni taqdim etish (vakolatxona, elchixona yoki to'g'ridan-to'g'ri universitetga topshirilishi mumkin);

     3) hujjatlarni ko'rib chiqish (universitet komissiyasi);

     4) suhbatlashish (agar kerak bo'lsa, shaxsiy intervyu yoki telefon orqali intervyu);

     5) qabul qilish natijalarini e'lon qilish (universitet saytida yoki shaxsiy xabarnoma olish).

Koreyada o'qish haqida: Koreyadagi universitetlar o'qishga kirish uchun qachon arizani rasmiylashtirsa bo'ladi?
~ Koreya universitetlari yilda 2 marta talabalarni qabul qilishadi:
     1) Bahor semestrga dekabrdan fevralgacha;
     2) Kuz semestrga iyundan avgustgacha arizani qabul qilinadi.
Koreyada o'qish haqida: Koreya universitetiga ta'lim muassasasini bitirib bo'lmaganlar arizani topshirsa bo'ladimi?

~ Ta'lim muassasasini tamomlamaganlar arizani topshirsa bo'ladi. Biroq, semestr boshlanishidan oldin maktabni tamomlagan haqida guvohnoma yoki     diplomni taqdim etish shart.

Koreyada o'qish haqida: Koreya Respublikasining davlat grantiga (bakalavr, magistr va doktorantura) murojaat qilishni istagan nomzodlar uchun qanday talablar mavjud?
~ Davlat grantiga ariza berishni istagan nomzodlar uchun asosiy talablar:
     1) O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi (shu jumladan ota-onalar);
     2) Yaxshi ilmiy natijalar (GPA ball 80% va undan yuqori);
     3) Koreys til bilimi (TOPIK 3 bosqich va undan yuqori);
     4) Koreya Respublikasidagi boshqa davlat grantlari egasi bo'lmagan shaxslar;
     5) Yaxshi sog'liq holati.
Koreyada o'qish haqida: Koreya Respublikasida til kurslariga qanday o'qishga kirsa bo'ladi?

~ Koreyada, deyarli har bir universitet chet elliklar Koreya tilini o'rgatadigan til markazlariga ega. Ushbu til kurslariga o'tish uchun siz tanlangan             universitetning (universitet sayti) til markaziga murojaat qilishingiz kerak. Ushbu kurslarga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddati,               arizalar va boshqalar haqida batafsil ma'lumot beradi.